Otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin jarrohligi: yuqori texnologik tashxislash va davolash usullari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman
10.04.2026
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin jarrohligi: yuqori texnologik tashxislash va davolash usullari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanning 1-kuni yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Anjuman doirasida sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida zamonaviy diagnostika va davolash usullari, ilg‘or innovatsion yondashuvlar hamda boy amaliy tajribalar almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Tadbir davomida mazmunli ma’ruzalar, jonli muhokamalar va klinik holatlar tahlili orqali otorinolaringologiya yo‘nalishidagi dolzarb masalalar keng va atroflicha yoritildi.
Anjumanda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov ham faol ishtirok etib, o‘z nutqida soha rivoji, ilm-fan va amaliy tibbiyot integratsiyasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish borasida muhim fikr va tashabbuslarni ilgari surdi.