Markazning asosiy faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 avgustdagi “Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-255-son qarori asosida Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu markaz otorinolaringologiya yo‘nalishidagi ishlarni muvofiqlashtiradi hamda «Markaz — hududiy tibbiyot muassasalari — tuman (shahar) tibbiyot muassasalari» tizimi asosida o‘z faoliyatini tashkil etishi, otorinolaringologik va bosh-bo‘yin kasalliklari sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishi, ushbu yo‘nalishlarda mutaxassislarni o‘qitish va ularning ko‘nikmalarini rivojlantirish choralarini ko‘rishi hamda ilmiy maktabni shakllantirishi, hududlarda otorinolaringologik va bosh-bo‘yin kasalliklarini tashxislash va davolashning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etadi hamda yuqori texnologik amaliyotlar ko‘lamini kengaytirishi, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida otorinolaringologik va bosh-bo‘yin kasalliklari profilaktikasi, ularni erta aniqlash va davolash dasturlarini amaliyotga joriy etishi hamda nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlikda otorinolaringologik va bosh-bo‘yin kasalliklarini davolashning zamonaviy va yuqori texnologik usullarini davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari amaliyotiga joriy etishi belgilangan.